AQSh ekspert-tahlil doiralari hamda Amerikada joylashgan xalqaro moliyaviy tizimlar keyingi paytlarda O‘zbekistonda muhim va keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berayotganini tez-tez qayd etayotgani kuzatilmoqda.
Amerikalik sheriklarning fikr bildirishlaricha, O‘zbekiston rahbariyati juda dolzarb chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etmoqda. Jahon bozorlarida eng muhim xom-ashyo tovarlarining bahosi pasayib borayotgan bir sharoitda mineral va boshqa resurslarni chuqur qayta ishlash uchun o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiyalash yo‘li tomon burish ko‘pgina mamlakatlar uchun zarurat hisoblanadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumatining ochiqlikni ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirishga yo‘naltirilgan va boshqa muhim chora-tadbirlari xalqaro maydonda respublikaning obro‘-e’tiborini oshirishga, izchil rivojlanayotgan mustaqil davlat sifatidagi qiyofasini barqarorlashtirishga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda biznes izchil rivojlanishi yo‘lida turli to‘siqlar olib tashlangani, valyuta siyosatidagi ijobiy o‘zgarishlar va boshqa chora-tadbirlar G‘arbdagi ko‘pgina sarmoyadorlarning ruhini ko‘tardi. Ularning aytishlaricha, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning barchasi keng hududga ega bo‘lgan mintaqadagi boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda O‘zbekiston bozorining jozibadorligini oshirmoqda. Xorijlik samoyadorlar O‘zbekistonda salmoqli sanoat va infratizim poydevori (energostantsiyalar, temiryo‘l, avtomobil arteriyalari va hokazo) allaqachon barpo etilganini qayd etishmoqda. Ular e’tirof etayotganlaridek, Markaziy Osiyodagi boshqa hech bir mamlakat O‘zbekiston singari avtomobilsozlikning to‘laqonli ishlab chiqarishiga ega emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil sentyabr oyining boshida e’lon qilgan “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni G‘arbning ishbilarmon va ekspert doiralari o‘rtasida katta aks-sado berdi.
“Macro Advisory” kompaniyasi boshqaruvchisi Kris Uifer mazkur farmonning qabul qilingani “sarmoyadorlar radarlarida O‘zbekistonning yaqqol ko‘rinishi” tomon tashlangan katta qadam bo‘lganini ta’kidladi. Amerika kompaniyasi vakilining aytishicha, “tashqi dunyo uchun ochilgan O‘zbekiston salmoqli salohiyatga ega bo‘lgan sarmoya bozoriga aylanmoqda”.
“Chatham House” tahlil markazi eksperti Keyt Mallison respublikamizda valyuta islohotining amalga oshirilishi O‘zbekiston hukumatining xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga sidqidil sodiqligidan dalolat berishini qayd etdi. Uning fikr bildirishicha, qisqa muddatli istiqbolda valyuta liberalizatsiyasi pul qadrsizlanishi ko‘rinishida ayrim qiyinchiliklarni chaqirishi mumkin, lekin bu giperinflyatsiyaga olib kelmaydi. Shu bilan birga, valyuta liberallashuvi hukumatning boshqaruvchilik vazifasini qisqartirish hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda bozor mexanizmlaridan foydalanishga o‘tish imkonini beradi.
O‘z navbatida, Economist (Economist Intelligence Unit) jurnali tahlil bo‘linmasi muayyan qiyinchiliklar bo‘lishi mumkinligidan qat’iy nazar Prezident Shavkat Mirziyoyev valyuta islohotini oxirigacha olib borish yuzasidan siyosiy irodaga ega ekanligini qalamga olgan. Amerikaning NASDAQ birjasi veb-sahifasida e’lon qilingan materialda ham O‘zbekiston banklari devalvatsiya jarayonlarini munosib ravishda bosib o‘tishiga ishonch bildirilar ekan, hukumat sarmoyalar oqimini rag‘batlantirish uchun islohotlarni izchil davom ettirishi zarurligi ta’kidlangan.
Rivojlanayotgan bozorlarni moliyaviy tahlil qilishga ixtisoslashgan “BNE Intellinews” nashriningyozishicha, respublikamizda valyuta siyosatini liberallashtirish boshlangani O‘zbekiston Prezidentining islohotchi-etakchi sifatidagi e’tibori o‘sib borayotganini tasdiqladi.
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi a’zosi bo‘lgan kompaniyalarning vakillari tomonidan bildirilayotgan fikrlarga qaraganda, sarmoyadorlar bugungi kunlarda O‘zbekistonga jozibali bozor sifatida qarashmoqda. Ular respublikamizning jo‘g‘rofiy jihatdan qulay joylashuvini, boy tabiiy resurslarga egaligi, siyosiy barqarorlik, malakali kadrlar va rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasining mavjudligini mamlakatimiz jozibadorligining birinchi galdagi omillari sifatida qayd etmoqdalar.
Манба «Jahon Axborot Agentligi»
Ravshan Vafoev
Latest posts by Ravshan Vafoev (see all)
- «ADVANTEX» MChJ kompaniyasining Samarqand shahrida filialining ochilishi! - Yanvar 5, 2021
- ITMA 2019 ga xush kelibsiz! - Iyun 17, 2019
- Optibelt remenlari Toshkentda! - Aprel 24, 2019