Ispaniyaning “ESKZ Global” konsalting kompaniyasi rahbari A.Romero ana shunday deb hisoblaydi. Uning bu haqdagi mulohazalari “Europa Press” axborot agentligi sahifalarida e’lon qilindi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, 1953 yilda tashkil etilgan “Europa Press” Ispaniyaning eng yirik xususiy yangiliklar agentliklaridan biri sanaladi. Nashr har kuni 24 soat davomida mahalliy matbuot, elektron OAV, yetakchi kompaniyalar va barcha darajadagi davlat tashkilotlariga 3 mingdan ziyod dolzarb xabarlarni yetkazib beradi.
Agentlik maqolasida hozirgi paytda O’zbekiston hukumati faol investitsiya siyosatini olib borayotgani, xorijiy sheriklar bilan ishbilarmonlik munosabatlarini kengaytirishga tayyor ekanini bildirayotgani ta’kidlanadi. Shu munosabat bilan, ishbilarmonning fikriga ko’ra, rang-barang tabiiy resurslarga ega, infratuzilmasi yetarlicha rivojlangan, ilg’or sanoatlashgan va ko’plab texnologik imkoniyatlar mavjud bo’lgan O’zbekiston bozoriga investitsiya kiritish davri keldi.
Maqolada shuningdek, O’zbekiston va Yevropa kompaniyalari ko’plab yo’nalishlarda, jumladan, transfer sohasida qo’shma loyihalarni ishlab chiqishga ilg’or zamonaviy bilimlar va “nou-xau”larni jalb etish borasida hamkorlikni yo’lga qo’yishlari va rivojlantirishlari mumkinligi qayd etiladi.
A.Romeroning fikriga ko’ra, Ispaniya ishbilarmon doiralari O’zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga kirish yo’lida qat’iyroq bo’lishlari kerak. “Shunday ekan, xorijiy sarmoyadorlar uchun eng “muammoli” jihatlardan biri bo’lib tuyuladigan mahalliy sheriklar bilan hamkorlik tajribasining yetishmayotgani esa endilikda tiyib turuvchi omil vazifasini o’tashiga hojat yo’q”, deya xulosa qiladi “ESKZ Global” konsalting kompaniyasi rahbari.
“Jahon” AA,
Madrid
Manba: Jahon Axborot Agentligi
Ravshan Vafoev
Latest posts by Ravshan Vafoev (see all)
- «ADVANTEX» MChJ kompaniyasining Samarqand shahrida filialining ochilishi! - Yanvar 5, 2021
- ITMA 2019 ga xush kelibsiz! - Iyun 17, 2019
- Optibelt remenlari Toshkentda! - Aprel 24, 2019