Bugungi kunda respublikamizga chet mamlakatlardan valyuta hisobiga olib kelinayotgan bir qancha mahsulotlar «O’zbekenengilsanoat» AJ tarkibidagi korxonalar tomonidan mahalliylashtirilib chiqimini ma’lum bir darajada kamaytirildi.

Xususan: Tashkent shahrida joylashgan «Medeks» korxonasi tomonidan aralash (50% -paxta and 50% -poliester) ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda va Buxoro viloyatida joylashgan «Al-Hakim plus» korxonasi tomonidan aralash to’quv matosi to’qilib  ushbu mahsulot Xorazm viloyatidagi  » Urgench Baxmal «korxonasida bo’yalmoqda. tayyor aralash to’quv matosidan maxalliy tikuvchilik korxonalari tomonidan keng assortimentdagi tayyor maxsulotlar shuningdek «O’zbekiston Mudofaa vazirligi xodim va askarlari uchun formalar ishlab chiqarilmoqda.

Samarqand viloyatida joylashgan «Marokand Sifat» MCHJ tomonidan tikuvchilik iplari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, chet mamlakatlardan tikuvchilik iplarini valyutaga olib kelinishini kamaytirilmoqda.

Shuningdek Jizzax vilojatida joylashgan «JUITA» korxonasi tomonidan tikuvchilik iplari hamda tikuv dastgohlari ishlab chiqarish mahalliylashtirildi.

Tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i                Q.Muydinov

 

Source: Legprom.uz

The following two tabs change content below.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan