Yaqinda Moskvada bo’lib o’tgan “Tekstillegprom” 46-Yengil sanoat tovarlari va uskunalari federal ulgurji yarmarkasi doirasida milliy to’qimachilik mahsulotlarimizning taqdimot marosimi o’tkazildi.

img_0041_0Mamlakatimizning “UZTEX”, “OSBORN Textile”, “Toshkent to’qimachilik fabrikasi”, “EuroAsiaTex” va boshqa yetakchi kompaniyalari ishtirok etgan mazkur yarmarkada o’zbek korxonalari tomonidan matolar, kiyim-kechaklar, bosh kiyim va boshqa to’qimachilik mahsulotlari namoyish etildi.

Ko’rgazmada dunyoning 29 mamlakatidan, jumladan, Xindiston, Xitoy, Pokiston, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va MDH dan kelgan 2 mingdan ziyod kompaniya qatnashdi. Mehmonlarning umumiy soni 40 ming nafardan ziyodni tashkil etdi.

“Jahon” axborot agentligi muxbiri mazkur tadbir ishtirokchilarining ayrimlari bilan suhbatlashdi:

“Rosengilsanoat” MCHJ prezidenti, ko’rgazmaning tashkiliy qo’mitasi boshqaruvchisi Aleksandr Kruglik:

– O’zbek korxonalari bir necha yillardan buyon o’z mahsulotlarini muvaffaqiyatli namoyish qilmoqda, – dedi u. – Mamlakatingizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli to’qimachilik mahsulotlari respublika yengil sanoatining taraqqiyotidan dalolat beradi.

Ta’kidlash joizki, zamonaviylik va milliylikni o’zida mujassam etgan o’zbek mahsulotlariga Rossiyada hamda Yevropa mamlakatlarida ehtiyoj kattadir.

Rossiyadagi “Rivaj” kompaniyasi bosh direktori Tatyana Vovk:

– Bizning kompaniyamiz to’qimachilik tolalari ulgurji savdosiga ixtisoslashgan. O’zbekiston korxonalari esa eng salohiyatli sheriklarimizdan biri sanaladi.

Ilgari bizning kompaniyamiz bu sohada Germaniya, Italiya, Polsha, Hindiston va Pokiston bilan hamkorlik qilar edi. Mamlakatingiz yengil sanoatining yuqori darajada rivojlanib borayotgani va chet el sarmoyalarining hajmi oshib borayotgani biz uchun ham quvonarli holdir. Bugungi kunga kelib kompaniyamiz O’zbekistondagi ko’pgina yetakchi korxonalar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Rossiyaning barcha korxonalariga ko’p turdagi paypoqlar, gazlama va boshqa kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish uchun O’zbekistondagi “UZTEZ GROUP” to’qimachilik firmasidan yigirilgan ip keltirilayotgani bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Manba: uzlidep.uz

The following two tabs change content below.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan