Eronda ingliz tilida nashr etiladigan “Iran News” gazetasida ana shunday sarlavha ostidagi maqola bosilib chiqdi. Muharrir Fareddun Taxerpur qalamiga mansub mazkur maqolada O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishiga oid atroflicha ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.
Maqolada O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasi tarixiy ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etilgan. Materialda 2018 yil mamlakatimizda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilingani ham qalamga olingan.
Muallifning ta’kidlashicha, tarixan qisqa davr oralig‘ida O‘zbekiston agrar respublikadan iqtisodiyoti izchil rivojlanayotgan industrial mamlakatga aylandi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.
Nashr respublikamizda o‘nlab yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish tarmoqlari barpo etilganini ham o‘quvchilarning e’tiboriga havola qilgan. “Avtomobilsozlik, neft-gaz, elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika singari sanoatning zamonaviy jabhalari yuzaga keldi, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlar to‘la modernizatsiyalashdi, yuzlab yirik sanoat ob’ektlari qurildi”, deb yozadi gazeta.
Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijasi o‘laroq, mamlakatda qator erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatayotgani, ularda xorijlik sarmoyadorlar uchun soliq, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli sharoitlar va boshqa qator qulayliklar taqdim etilgani ham ta’kidlangan.
Manba: «Jahon» AA
Ravshan Vafoev
Latest posts by Ravshan Vafoev (see all)
- «ADVANTEX» MChJ kompaniyasining Samarqand shahrida filialining ochilishi! - Yanvar 5, 2021
- ITMA 2019 ga xush kelibsiz! - Iyun 17, 2019
- Optibelt remenlari Toshkentda! - Aprel 24, 2019