Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18-20-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqiga xalqaro miqyosda katta qiziqish bildirilib, mamlakatimiz va xorijiy ekspertlar tomonidan yuksak baholanmoqda.
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida mazkur tarixiy tashrif mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritilib, xususan, 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – AQSh biznes-forumi tafsilotlari muhokama etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev va boshqalar O‘zbekiston – AQSh biznes-forumida erishilgan natijalar, ularning ahamiyati, kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik haqida vazirlik va idoralar, ishbilarmon doira vakillari, jurnalistlarga ma’lumot berdi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy hayotidagi islohotlar xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, qariyb bir yil qamrovida iqtisodiy tarmoqda amalga oshirilgan keng miqyosli chora-tadbirlarga xalqaro tahlilchilar ijobiy baho bermoqda. Jumladan, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada erkinlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, investorlarga qo‘shimcha qulaylik, imtiyozlar yaratish, valyuta siyosatini liberallashtirish kabi qator iqtisodiy islohotlar taraqqiyot mezonlariga to‘la mos kelishi ta’kidlanmoqda.
O‘zbekiston – Amerika biznes-forumida bu jihatlar o‘z samarasini ko‘rsatdi. Xalqaro press-klub sessiyasida spikerlar fikricha, okean ortida O‘zbekistonning serquyosh va saxovatli zaminida yetishtirilgan, sarxil yoki qayta ishlangan, quritilgan mevalarga, milliy hunarmandlik va tekstil mahsulotlariga talab yuqori.
Bu kabi talab va takliflarni samarali yo‘naltirish, ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari manfaatlari hamda qiziqishlarini muqobillashtirib borish, yurtimiz tadbirkorlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar eksport hajmini oshirish maqsadida O‘zbekiston – Amerika qo‘shma savdo uyi ochilgani ham muhim ahamiyatli voqea bo‘ldi. Endilikda Nyu-York markazida ish boshlagan mazkur savdo uyi o‘zbekistonlik tadbirkorlarning mahsulotlarini Amerika bozoriga olib chiqishda asosiy vositachi vazifasini bajaradi.
Aytish joizki, AQShning 100 dan ortiq yetakchi kompaniyalari rahbarlari, yirik ishbilarmon doira vakillari ishtirok etgan tadbirda umumiy qiymati 2,6 millard dollarga teng bo‘lgan istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining ta’kidlashicha, mamlakatimiz delegatsiyasining AQShga tashrifidan so‘ng qator rivojlangan davlatlardan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik yuzasidan takliflar kelib tushmoqda.
Xalqaro press-klub sessiyasida spikerlar jurnalistlarni va tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.
Манба: Jahon Axborot Agentligi
Ravshan Vafoev
Latest posts by Ravshan Vafoev (see all)
- «ADVANTEX» MChJ kompaniyasining Samarqand shahrida filialining ochilishi! - Yanvar 5, 2021
- ITMA 2019 ga xush kelibsiz! - Iyun 17, 2019
- Optibelt remenlari Toshkentda! - Aprel 24, 2019