Bugungi kunda yengil sanoat tarmog’ining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3.8 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26.2 foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlani ishlab chiqarishda 44 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.
Qo’qon to’qimachilik kombinati negizida tashkil etilgan «Indorama Qo’qon tekstil» qo’shma korxonasi yiliga 29 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyihaning qiymati 110 million dollarni tashkil qiladi. Xorazm viloyatida «O’zteks» korxonalar guruhi tomonidan «Swiss Capital» (Shveysariya) kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan , umumiy qiymati 50 million dollardan ortiq bo’lgan va yiliga 12 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ham keng ko’lamli loyihalardan biridir.
«O’zbekyengilsanoat» aksiyadorlik jamiyari korxonalarining yillik ip yigirish quvvati 450 ming tonna , to’qimachilikda 296 million kvadrat metr mato, trikotaj polotnosi ishlab chiqarishda 90 ming tonna, tikuvchilik-trikotaj yo’nalishida 270,2 million dona mahsulotni tashkil qilmoqda.
O’zA ning xabariga ko’ra, bugungi kunda yengil sanoat mahsulotlari dunyoning 50 mamlakatiga eksport qillinmoqda.
admin
Latest posts by admin (see all)
- CAITME 2016 ga taklif qilamiz - Avgust 31, 2016
- Mamlakatimiz yengil sanoatining eksport salohiyati yuksalmoqda - Avgust 30, 2016
- «O’zbekyengilsanoat» mahsulotlari dunyoning 50 mamlakatiga eksport qilinmoqda. - Avgust 18, 2016