yengilsanoat«O’zbekyengilsanoat» AJ bir necha investitsiyaviy loyihani amalga oshirishni yakunlamoqda va ushbu loyihalar doirasida yangi to’qimachilik korxonalari ishga tushiriladi. «O’zbekyengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati umumiy qiymati 10 million dollardan ortiq bo’lgan uchta investitsiyaviy loyihaning amalga oshirilishi hisobidan yiliga qo’shimcha 3.5 ming tonna kalava va 4.5 million dona tayyor buyum ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Buning samarasida 600 dan ziyod ish o’rni yaratiladi, deb xabar beradi O’zA.
Toshkent viloyatidagi «Maksim Gold » mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyiha nihoyasiga yetkazilmoqda. Korxonada yiliga 3.5 ming tonna kalava ishlab chiqariladi.Investitsiyaviy loyihaning qiymati 7 million dollardan iborat.
Andijon viloyatida ham qiymati 2.44 million dollarlik yana bir  loyiha yakunlanmoqda. Bankrotga uchragan «Bobur» ochiq aksiyadorlik jamiyati bo’linmalari negizida 1 million dona trikotaj buyum ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Ushbu loyihada «Lemon International» kompaniyasi investor sifatida ishtirok etmoqda.
Jizzax viloyatidagi «Do’stlik» mashina-traktor parki negizida yiliga 3.5 m illion dona tayyor buyum ishlab chiqarish o’zlashtirilmoqda.Mazkur investitsiyaviy loyihaga «BF Tekstil» qo’shma korxonasi 600ming dollar mablag’ ajratdi.
The following two tabs change content below.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan