O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa investitsiya banki (YeIB) bilan hamkorlik to‘g‘risidagi Hadli bitimni tasdiqladi.
Davlat rahbarining tegishli qarori 2018 yil 4 yanvarda imzolangan.
O‘zbekiston hukumati va YeIB o‘rtasida 2017 yilning oktyabr oyida Vashingtonda mamlakatdagi moliya muassasasining mamlakatimizdagi faoliyat boshlashini nazarda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi YeIB bilan o‘zaro hamkorlik qilish va mazkur kelishuvni amalga oshirish uchun mas’ul organ sifatida tayinlangan.
Shu tariqa O‘zbekiston YeIB faoliyat yuritadigan Markaziy Osiyodagi to‘rtinchi mamlakat bo‘ldi. Bugungi kunda bank Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistonga infratuzilma loyihalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun qariyb 710 million yevro mablag‘ ajratgan.
Manba: «Jahon AA»
Ravshan Vafoev
Latest posts by Ravshan Vafoev (see all)
- «ADVANTEX» MChJ kompaniyasining Samarqand shahrida filialining ochilishi! - Yanvar 5, 2021
- ITMA 2019 ga xush kelibsiz! - Iyun 17, 2019
- Optibelt remenlari Toshkentda! - Aprel 24, 2019