Habasit Toshkent

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi va ushbu davlat Savdo-sanoat palatasi hamkorligida biznes-seminar o’tkazildi. Seul shahrida o’tgan tadbirda Janubiy Koreyaning 40 dan ziyod kompaniyalari vakillari qatnashdilar.

Seminar doirasida O’zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, o’zaro hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari, mamlakatimizning erkin iqtisodiy zonalarida qo’shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga bag’ishlangan taqdimot bo’lib o’tdi.

Tadbir mehmonlari O’zbekistonda davlatning mahalliy korxonalardagi ulushini xorijiy sarmoyadorlarga sotishni ko’zda tutuvchi keng ko’lamli xususiylashtirish dasturi qabul qilinganligi haqidagi ma’lumot bilan tanishdilar.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari e’tibori O’zbekistonda Janubiy Koreyadagi hamkorlar bilan muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, Qoraqalpog’istonda Ustyurt gaz-kimyo majmuasi va Namangan viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasining ishga tushirilganligiga qaratildi.

Shu bilan birga, O’zbekistonni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida mamlakatimizning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishiga bag’ishlangan “O’zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati” nomli videofilm namoyish etildi.

Seminar yakunida bir qator Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar bo’lib o’tdi va O’zbekistonda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Manba: Jahon Axborot Agentligi

The following two tabs change content below.

Ravshan Vafoev

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan